Yuqori texnologiyali loyihalar 5 yilgacha soliqlardan ozod etildi
Bu Prezidentning 22.01.2018 yildagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida nazarda tutilgan.
Norma.uz’ning yozishicha, quyidagilar 1.01.2023 yilgacha barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno) ozod etiladi:
• yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
• venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar;
• ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo‘yicha;
• yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha.
Ta'kidlab o‘tish lozimki, mazkur normani amalda ro‘yobga chiqarish uchun «venchur fond», «yuqori texnologiyali loyiha-startap», «yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilot» tushunchalarini va ularni belgilovchi alomatlarni hamda tegishli maqomni olish va tasdiqlash tartibi va soliq imtiyozlarini qo‘llash uchun muhim bo‘lan boshqa mezonlarni qonunchilik darajasida mustahkamlash zarur. Venchur moliyalashtirishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish 2018 yil uchun Davlat dasturining uchinchi yo‘nalishi doirasida rejalashtirilgan (iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash).
Ma'lumot uchun: jahon amaliyotida venchur fondi (ing. venture – tavakkalchilik, tavakkalchilikka asoslangan tashabbus) deganda yuqori darajada tavakkalchilik darajasiga ega korxonalarning qimmatli qog‘ozlari yoki ulushlariga qo‘yilmalarni amalga oshiruvchi investitsiya fondi tushuniladi. Qoidaga ko‘ra, venchur fondlar innovatsiya kompaniyalari yoki loyihalari (startaplari) bilan hamkorlik qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:29 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
14:20 / 07.10.2024