O‘zbekistonda 2018 yilning 1 aprelidan vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolarni ishga qabul qilishga taqiq bekor qilinadi. Bunday qaror prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 22 yanvardagi farmoni bilan nazarda tutilgan.

An'anaviy madaniyatlar markazining Markaziy va O‘rta Osiyo geoiqtisodiyoti va geosiyosati bo‘yicha direktori o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev Repost.uz’ga bergan intervyusida bunday qaror bilan jamiyatdagi qanday muammolarning oldi olinishi, nazariy jihatdan qanday yangi mushkulliklar yuzaga kelishi haqida gapirib berdi.

Siz bu yangilikka qanday munosabatdasiz?

Menimcha, bu juda muhim va tizimli yechim. Ushbu taqiqni bekor qilish ko‘p tomonlama xarakterga ega bo‘lib, uchta muhim ijobiy holatga ega. Ularning mohiyati nima?

Birinchidan, vaqtinchalik yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolarni ishga qabul qilishga taqiqning bekor qilinishi mamlakatda yagona mehnat bozorini tashkil etadi. Ushbu qoida mehnat bozorida tizimni yaratadi, u yerda O‘zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosida propiska joyidan qat'i nazar, hech qanday ma'muriy cheklovlarsiz mamlakatning istalgan hududida, shu jumladan, poytaxtda ham ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ikkinchidan, bu shubhasiz ishchi kuchi harakatlanishi rivoji uchun jiddiy turtkiga aylanib, uning respublika ichidagi harakatini faollashtiradi, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtiradi. Sanoatlashtirish borasida olib borilayotgan siyosat doirasida - bu temir majburiyatdir.

Uchinchidan, propiskasi bo‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishga taqiqning bekor qilinishi korrupsiyaga qarshi va jinoyatchilikka qarshi jiddiy tagma'noga ega.

Shuning uchun bu taqiqning bekor qilinishi – korrupsiya va kriminal tizimga jiddiy zarbadir.

Ta'kidlash kerakki, hozirda Toshkentdagi katta ko‘lamli uy-joy qurilishi ko‘plab ishchilarni talab qiladi. Odamlar Toshkentga kelib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ochiq, halol va shaffof sharoitda ishlashlari mumkin bo‘lishi juda to‘g‘ridir.