Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 24 yanvar kuni Ashxobodda qurilishi mo‘ljallangan yangi obektlar loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Yangi obektlar orasida – hashamatli mehmonxona, Xalqaro kongress-markaz, Xalqaro qabullar markazi, «Senagat» ATB, «Turkmanboshi» banki ofislari, shuningdek, shoir va donishmand Maxtumquliga yodgorlik va yangi Hukumat tribunasi bor», - deyiladi xabarda.

«Mehmonxona majmuasi noyob arxitektura qiyofasiga ega bo‘lib, Archabil hamda Chandibil shohko‘chalari o‘rtasidagi 22,9 gektarlik maydonda joylashadi. Uning tuzilmasidan mehmonxona, biznes-markaz va apart-otel joy oladi. Binolar dizaynida milliy ornament va boshqa eksklyuziv bezak detallaridan foydalaniladi», - deya ta'kidlanadi matnda.

Turkmaniston prezidenti loyihalarni albatta patentlash lozimligi haqida aytib o‘tgan, bu ularning mualliflik huquqlarini himoya qilish maqsadida kerak bo‘ladi.