28 yanvardan 1 fevralga qadar Hindistonda boks bo‘yicha India Open xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga dunyoning yetakchi terma jamoalari tashrif buyurishadi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham.
Joriy yilgi xalqaro musobaqalarga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib beruvchi ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi:
46-49 kg: Mironshoh Ibragimov;
52 kg: Xudoynazar Fayzov;
56 kg: Abdulxay Shorahmatov;
60 kg: Sherbek Raxmatullayev;
64 kg: Iqboljon Xoldorov;
69 kg: Bobousmon Boturov;
75 kg: Isroil Madrimov;
91 kg: Sanjar Tursunov;
+91 kg: Bahodir Jalolov;
+91 kg: Lazizbek Mullajonov.
















