Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroildagi topilma odamlarning Afrikadan migratsiya qilishi nazariyasini “to‘ntarib yubordi”
Isroillik arxeologlar Afrika qit'asidan tashqarida zamonaviy odamning bugungi kundagi eng qadimiy qoldiqlarini topishdi. Tadqiqot hammuallifi Israel Gershkovitsning aytishicha, 2002 yilda talaba Isroildagi Misliya g‘orida inson jag‘ining chap qismini topib olgan. Olimlar jag‘ga qancha yilligini aniqlash maqsadida 3 xil usulni qo‘llab, u 177-194 ming yil avval yashagan Homo sapiens’ga tegishli ekanini aniqlashgan. Avval Afrikadan tashqarida topilgan eng qadimiy odam qoldiqlari 90-120 ming yil avvalgi davrga tegishli bo‘lgan.
G‘or yaqinida levalluaz texnikasi bo‘yicha yasalgan tosh asboblar ham aniqlangan. Arxeologlarning fikricha, toshga bunday ishlov berish usuli Yaqin Sharqning bu qismida zamonaviy odamlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘langan. G‘orda aniqlangan boshqa qadimiy buyumlar odamlar orasida yirik hayvonlar – bug‘u, jayron va boshqalarni ovlovchilar bo‘lganiga ishora qiladi.
Bu topilmalar zamonaviy odamlar Afrikadan avval taxmin qilingandan 50 ming yil avval migratsiya qilganlarini anglatadi.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026