O‘zbekiston | 10:56 / 26.01.2018
76320
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston sovuqlar tufayli bugundan O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini to‘xtatmoqda 

Foto: Tazabek.kg

«Bitimga ko‘ra 2017 yilning dekabridan O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti davom etmoqda. Bugungi kunda eksport hajmi 100 megavattga pasaytirildi, qo‘shni davlatlar bilan ertangi kundan sovuq harorat kuzatilayotgani tufayli eksportni to‘xtatish masalasi muhokama qilindi», - deb xabar berdi Qirg‘izistonning «Milliy energetika holding kompaniyasi» OAJ boshqaruvi raisi Oybek Kaliyev 25 yanvar kuni 2017-2018 yilgi kuzgi-qishki mavsum bo‘yicha yig‘ilish davomida.

Shuningdek, uning xabar berishicha, avval Bishkek IEMga dekabr-fevralda 320 megavattlik yuklamalar rejalashtirilgandi. 2017 yilning dekabrida IEMga o‘rtacha yuklama 350 megavattni tashkil etgan, yanvarda – 287 megavatt.

«Ayni damda, sovuq harorat kuzatilayotgani tufayli, issiqlik zaxirasi tayyorlandi, 400 megavattga qadar oshirish imkoniyati ham bor», - deya xabar berdi u.

Shuningdek uning ma'lum qilishicha, To‘ktogul suv omboridagi suv hajmi 16,6 mlrd kub metrni tashkil etadi, bu rejalashtirilgan ish rejimiga to‘la mos keladi.

Mavzuga oid