Jahon | 08:45 / 26.01.2018
11503
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp 2 mln migrantni AQSh fuqarosi sifatida tan olishga tayyor
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga bolaligida noqonuniy ravishda kelgan 1,8 mln migrant Amerika fuqaroligini olishi mumkin bo‘lgan strategiyani imzolashga tayyor. Bu haqda Reuters Oq uy vakillariga tayangan holda xabar bermoqda.
Kutilishicha, AQSh senati rejani qabul qilishni fevral boshida muhokama etadi. Hujjatga ko‘ra, kongress Meksika bilan chegarada devor qurish uchun «maqsadli jamg‘arma»ga 25 mlrd dollar ajratadi.
Shuningdek ta'kidlanishicha, yangi rejaga ko‘ra, muhojirlar oilasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash cheklanadi, bundan tashqari, ba'zi davlatlar uchun viza lotereyasi to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024