Turkiya qurolli kuçlari Suriyaning Afrinidagi «Zaytun novdasi» amaliyoti davomida qariyb 400 nafar terrorçini yöq qildi. Bu haqda Anadolu mamlakat boş ştabiga tayangan holda xabar bermoqda.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, turk harbiy xizmatçilari amaliyotning yetti kuni davomida 394 terrorçini yöq qilgan va Suriya şimoli-ğarbidagi 340 obektga zarbalar bergan.
«Turkiya armiyasi Afrindagi tinç aholiga zarar yetkazmaslik uçun qölidan kelgan barça işni qilmoqda», - deya ta'kidlanadi mahkama bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli AQŞni Suriyadagi qurollangan kurdlar tuzilmalari masalasi böyiça berilgan barça va'dalarni buzişda ayblagandi.













