Sport | 23:10 / 28.01.2018
140231
2 daqiqa o‘qiladi

«Endi futbolga o‘zim qarayman». Prezident Xitoyda chempion bo‘lgan jamoani barchaga o‘rnak qilib ko‘rsatdi

Foto: the-afc.com

Bugun, 28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston futbolidagi yangiliklar xususida to‘xtalib o‘tgan.

Prezident Osiyo chempionatida ishtirok etgan va chempion bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U23) haqida iliq fikrlar bildirgan. Prezident Vetnamga qarshi chempionlik o‘yinini tomosha qilganini aytib bergan.

«Futbol korrupsiyasiz, adolat bilan qanday natijaga erishish mumkinligini ko‘rsatib berdi.

Osiyo chempionatida qatnashgan terma jamoadagi bolalar jaydari bolalar. Birortasining ortida tanishi yo‘q. Ular milliy terma jamoaning o‘zagi bo‘ladi.

Janubiy Koreyani yutishganida, prezidenti telefon qilib tabrikladi.

Vetnamga qarshi o‘yinni yuragimiz orziqib tomosha qildik. Ular vatan uchun maydonda jang qilishdi. Vetnam mensimaydigan raqib emasdi. Ular ham hozir ancha rivojlangan.

Endi futbolga o‘zim qarayman», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda videoselektorda ishtirok etayotgan «Kun.uz» manbasi.

Mavzuga oid