Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Xitoyda ötkazilgan Osiyo çempionati ğoliblari - Özbekiston U23 terma jamoasi a'zolari kutib olindi.

Şundan söng çempionlar poytaxtning markaziy köçalaridan bayramona yuriş bilan ötib, «Özbekiston» mehmonxonasiga borişdi. Avtobuslarga bayroqlar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni hamrohlik qildi.

Mehmonxona hovlisida çempionlarni rasmiy taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda boş vazir Abdulla Aripov Prezident tabrigini öqib eşittirdi. Söngra futbolçilarning har biriga prezident sovğalari - Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar taqdim etildi.

Özbekiston U23 terma jamoasi 27 yanvar kuni Xitoy mezbonligida ötgan Osiyo çempionati finalida Vetnam terma jamoasini qöşimça vaqtda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mağlub etib, Osiyo çempioni böldi.