15:10 / 29.01.2018
6460

Indiana Jons haqidagi beshinchi filmning qachon ekranlarga chiqishi ma'lum qilindi

Foto: Lucasfilm Ltd.

Arxeolog Indiana Jonsning sarguzashtlari haqidagi beshinchi film 2020 yilning yozida katta ekranlarga chiqadi. The Hollywood Reporter shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, franshizaga Stiven Spilberg rejissyorlik qiladi, u buning uchun hatto "Vestsayd tarixi" Brodvey myuzikli ekranizatsiyasi ustidagi ishlarini to‘xtatib qo‘yishiga to‘g‘ri keldi. 

Filmning ijrochi prodyuseri - Jorj Lukas, bastakori esa - Jon Uilyams bo‘lishi ma'lum qilingan. Aktyorlar tarkibi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q, lekin bosh rolni avvalgidek Xarrison Ford o‘ynashi qayd etilgan. 

"Indiana Jons" — doktor Henrining sarguzashtlariga asoslangan mediafranshiza. Uning birinchi qismi 1981 yilda namoyish etilgan. 

Top