Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi o‘yinda «Barselona» hujumchisi Lionel Messi jarima zarbasidan chiroyli gol urishga muvaffaq bo‘ldi, jamoasi esa 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Natijada, bu argentinalikning Primeradagi jarima zarbasidan urilgan 21-goli bo‘ldi va u Krishtianu Ronaldudan (20) o‘zib ketishga erishdi.

Avvalroq, Ronaldu ham faoliyatidagi 100-penaltini urib, muhim marrani zabt etgandi.