Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik 11 yoshli bola bedarak yo‘qoldi
Illyustrativ surat / Foto: iStock
Peterburgda Rossiya Tergov qo‘mitasi tergovchilari o‘zbekistonlik 11 yoshli bolaning bedarak yo‘qolishi holati bo‘yicha jinoiy ish ochishdi.
O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘li yo‘qolgani haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, 11 yoshli Salmon Madumarov Vitebsk shohko‘chasidagi 3-korpus 47-uydagi kvartiradan 26 yanvar kuni sayr qilib kelish maqsadida chiqib ketgan va ortga qaytib kelmagan.
Peterburgga oila 2017 yilning dekabrida kelgan. Bola rus tilini bilmaydi, uydan qochib ketgani bo‘yicha taxminlar deyarli yo‘q. Ayni damda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda, ro‘y bergan voqeaning barcha tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Taxminlardan biriga ko‘ra, bola Peterburg hududida bo‘lishi, biroq rus tilini bilmasligi sababli ota-onasi bilan bog‘lana olmayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
11:14
Estoniya razvedka xizmati: Rossiya 2026 yilda NATOga hujum qilmaydi
21:42 / 11.02.2026
AQSh Venesuelaga Rossiya bilan har qanday neft bitimlarini rasman taqiqladi
20:10 / 11.02.2026
Rossiya Trampning «Tinchlik kengashi» birinchi yig‘ilishida ishtirok etmaydi
13:57 / 11.02.2026