Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko xorijiy qurolli kuchlar bo‘linmalariga Ukraina hududiga 2018 yilda kirishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
«112 Ukraina» telekanali xabariga ko‘ra, qonun Ukraina hududiga xorijiy harbiy xizmatchilarni Ukraina-AQSh mashqlarida ishtirok etish uchun kiritilishini nazarda tutadi. Hujjat rasmiy e'lon qilingan kundan kuchga kirishi lozim.
Avvalroq, 2018 yilda Ukrainada boshqa davlatlar harbiy xizmatchilari ishtirokida kamida beshta mashq o‘tkazilishi haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.

















