Prezident Qashqadaryoda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “Baxt” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur fermer xo‘jaligi chorvachilik, parrandachilik, tuyachilik, yilqichilik, quyonchilikka ixtisoslashgan. 4 gektarda intensiv bog‘, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan.
Davlat rahbari fermer xo‘jaligida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shu yerda viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, achchiq qalampir, kovrak plantatsiyalari tashkil etish, chorvachilik, kurkachilik majmualari, pistazor va yong‘oqzorlar barpo etish, o‘rmon xo‘jaliklarida intensiv usulda ko‘chat yetishtirish, sutni qayta ishlash, asalarichilik loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.
Prezident limonchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdi.
Limonchilik nafaqat Qashqadaryo vohasi, balki mamlakatimiz uchun eng serdaromad sohalardan. Bu tarmoqni rivojlantirish iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur istiqbolli yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, Qashqadaryo misolida limonchilik uyushmasini tashkil etish lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qashqadaryo viloyatida teri xomashyosini qayta ishlash va charm-poyabzal klasterini barpo etish, aholini tuxum va parranda go‘shti bilan ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama etildi.
Prezident barcha loyihalarni takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani aytilmoqda
Jamiyat | 15:31
-
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan
Jahon | 15:26
-
General Popov 5 yilga qamaldi
Jahon | 15:09
-
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekiston | 14:31
Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025