Shavkat Mirziyoyev: “Bir vaqtlar o‘z kasbining haqiqiy egalarini yaqin yo‘latishmagan edi...”
Bugun, 28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Kun.uz» manbasi xabar berishicha, ushbu yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan. Davlat rahbari bir qancha soha rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni tanqid qilgan, ularni zamonaviy fikrlay olmayotganlikda, bugungi kun nafasini his eta olmayotganlikda ayblagan. Ko‘pchilik rahbarlarga o‘z faoliyatlarini qayta o‘rganib chiqish va amalda ijobiy ko‘rsatib berish uchun muhlatlar bergan.
Prezident ushbu majlisda kadrlar masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan, nega o‘z sohasi jonkuyarlari, mutaxassislari o‘z kasblari bo‘yicha ishlashmayotganini izohlab o‘tgan.
“Bir paytlar o‘z kasbining haqiqiy egalarini yaqin yo‘latishmagan. “Ammasining falonchasi bir paytlar eshak o‘g‘irlagan”, “Qarindoshida undaylar bor, bundaylar bor”, degan bahonalar bilan ularni ishga olishmagan. Men shuning uchun aytdim, ota bolasi uchun bola otasi uchun javob bermaydi. Menga o‘sha kadrning o‘zi kerak. uning fidoyiligi, vatanparvarligi kerak”, - deb gapirib o‘tgan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:34 / 15.12.2024
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatildi
22:08 / 04.12.2024
Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi
18:25 / 02.07.2024
“Eron prezidentligiga nomzodlarga aholi ishonchiga kirish uchun vaqt kamlik qildi” - Azim Umidiy
18:08 / 28.03.2024