Jahon | 01:15 / 29.01.2018
11901
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriya hududlarini egallab olmoqchi emas – Erdo‘g‘an 

Foto: Yasin Bulbul/Pool

Turkiyaning Suriyadagi “Zaytun shoxi” harbiy operatsiyasidan maqsad Suriya hududini egallab olish hisoblanmaydi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

“Biz Suriya yerlarini egallab olmoqchi emasmiz, biroq hozirda Turkiyada bo‘lgan 3,5 mln qochqinga vatanlariga qaytishda yordam bermoqchimiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning aytishicha, mahalliy aholi turk harbiylariga ularning kelishi bilan mintaqada “xavfsizlik o‘rnatilishi” uchun minnatdorlik bildirmoqdalar. Turkiya rahbarining ta'kidlashicha, Afrindagi operatsiya Suriyadagi tinch aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. “Zaytun shoxi” operatsiyasiga qarshilar “mintaqadagi terrorchilarning faoliyatiga ko‘z yummoqdalar”, deb aytgan Erdo‘g‘an.   

Turkiya 20 yanvarda Afrindagi kurd tuzilmalariga qarshi “Zaytun shoxi” operatsiyasini boshladi.  

Mavzuga oid