Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi o‘z ishini tiklaydi, deb xabar bermoqda Ynet portali.
Ta'kidlanishicha, elchixona 2017 yilning iyunida yopilgan. Bu isroillik harbiylar ikki nafar iordaniyalikni otib o‘ldirganidan so‘ng yuz bergan.
Elchixona o‘z faoliyatini tiklamoqda, biroq fuqarolar uchun hali ochilmagan. Isroilda yangi elchini tayinlash masalasi yaqin kelajakda ko‘rib chiqiladi.

















