Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga nomzod bo‘lgan murabbiyni ilib ketishi mumkin
Angliyaning «Vest Hem Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Slaven Bilich Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Kazfootball nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, xorvatiyalik mutaxassisning agentlari Qozog‘iston futbol federatsiyasi vakillari kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Gap Bilich bilan tuziladigan 2 yillik shartnoma borasida bormoqda. 49 yoshli mutaxassis terma jamoani Yevropa chempionatiga olib chiqish uchun urinib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Hozircha bu borada boshqa xabarlar tarqatilmagan.
Bilich «Vest Hem» bosh murabbiyi sifatida 2015 yildan 2017 yilga qadar ish olib borgan, shundan so‘ng yomon natijalari sabab iste'foga chiqarilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol federatsiyasi ham dekabr oyida e'lon qilgan xabarida Slaven Bilich bilan muzokaralar olib borilayotganini xabar qilgandi. Shundan so‘ng bu borada boshqa ma'lumotlar berilmagan.
Mavzuga oid
20:49 / 07.07.2026
«Dinamo» futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026