Osiyo chempionlar ligasining saralash pley-offi «Nasaf» va «Al-Faysaliy» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan (5:1) so‘ng qarshiliklar yarimhimoyachisi Azizjon G‘aniyev o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Yo‘ldan kelgan bo‘lsak ham tayyor bo‘lib kelgandik. Yutdik, xudoga shukr. Hisob bu qadar yirik bo‘lishini kutmagandik, jamoaviy o‘yinimiz evaziga gollar urdik.
Bugungi g‘alabamizni O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlaymiz», - deya G‘aniyevning so‘zlarini keltiradi SA internet-nashri.

















