Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon bilan muzokaralar bo‘lmaydi». Tramp Afg‘oniston bo‘yicha bayonot berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp toliblar bilan muzokaralarni istisno etib, Kobulda yuz bergan qator terrorchilik hujumlaridan so‘ng ularni «tugatish» haqida va'da berdi. Ushbu teraktlar oqibatida yuzlab insonlar halok bo‘ldi va jarohat oldi, deb xabar qilmoqda «Amerika ovozi».
Prezident Tramp Oq uyda BMT Xavfsizlik kengashi elchilari delegatsiyalari bilan uchrashuvdan so‘ng, jangarilarni «mag‘lub etish uchun yana nima qilish kerakligi» haqidagi masalani ko‘tarishi haqida ma'lum qildi. «Tolibon bilan muzokaralar bo‘lmaydi», - deya aytib o‘tdi u. Shu tariqa, Tramp Afg‘onistondagi mojaro diplomatik yo‘l bilan hal etilmasligini aniq bildirdi.
«Ular hamma joyda odamlarni o‘ldirishmoqda. Aybsiz insonlar halok bo‘lmoqda», degan Donald Tramp diplomatlarga. «Portlashlar, qotilliklar butun Afg‘oniston bo‘ylab ro‘y bermoqda. Shuning uchun biz Tolibon bilan muzokaralar o‘tkazishni xohlamaymiz. Ehtimol, bu ro‘y berar, biroq hozir emas».
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026