Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aholisi so‘nggi besh yilda qanchaga ko‘paygani aytildi
Foto: O‘zA
Toshkent shahri aholisi so‘nggi besh yilda besh foizga ko‘paydi. 2018 yilda Toshkent shahridagi aholi soni 2 million 498 mingtaga yetishi kutilmoqda.
O‘zA xabariga ko‘ra, 2017 yil oxiriga kelib O‘zbekiston poytaxtida istiqomat qilayotganlar 2 million 465 ming kishiga yetgan. 2012 yilda bu ko‘rsatkich 2 million 342 mingni tashkil etgan.
2018 yilda poytaxtda tahsil olayotgan talabalar sonining qisqarishi kutilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda 109 ming nafarga yaqin talaba ro‘yxatga olingan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni qariyb 7 mingga kamayadi.
Pensionerlar soni bo‘yicha keyingi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, 326 ming nafarga yetgan.
Mavzuga oid
07:36
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
18:56 / 22.02.2026
Toshkentda mehmonxona qurish uchun 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi
07:41 / 22.02.2026
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:07 / 21.02.2026