Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: KXDR qanday raketalarga ega ekani haqida ma'lumotga egamiz
Foto: Reuters
Rossiyaning Pxenyandagi elchisi Aleksandr Matsegoraning ma'lum qilishicha, Moskvada KXDR qanday raketalarga ega ekani haqida ma'lumotlar bor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Bizda, albatta, bu ma'lumotlar bor, biz vaziyatni jiddiylik bilan kuzatib bormoqdamiz», - deya aytib o‘tgan Matsegora.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya qurol ishlab chiqishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
«Bizning mutaxassislar aytishicha, agarda Shimoliy Koreya raketalarining ilk modellari boshqa davlatlarnikiga o‘xshash bo‘lgan bo‘lsa, KXDR paradlarda ko‘rsatayotgan so‘nggi namunalar esa, - bu, katta ehtimol bilan, ularning o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan raketalardir», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan elchi.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
14:05 / 31.12.2025
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
11:57 / 31.12.2025
Aksionist Pavel Krisevich ozodlikka chiqdi va Rossiyani tark etdi
11:16 / 31.12.2025