Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Afg‘oniston hududining necha foizida ochiq harakatlanayotgani aytildi
Foto: Reuters
«Tolibon» radikal harakati jangarilari Afg‘oniston hududining 70 foizida ochiq harakatlanmoqda. Bundan BBC tadqiqoti natijalari darak bermoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, toliblar mamlakatning 14 tumanini to‘la nazorat qiladi va yana 263 tumanda muntazam ravishda faollik ko‘rsatadi. Ular bir haftaning ichida ikkitadan teraktni amalga oshiryapti. Terrorchilik xurujlarining aksariyati Nangarxor sharqiy viloyati hududida sodir etilmoqda. Yana 122 tuman hukumat nazorati ostida, biroq jangarilar hujumiga uchraydi.
Nashrning ta'kidlashicha, mintaqada keskinlik darajasi 2014 yildan so‘ng oshdi, o‘shanda Afg‘onistondagi xavfsizlikka ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Xalqaro kuchlar mamlakat hududida o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, taxminan 15 million kishi – Afg‘oniston aholisining yarmi yoki toliblar nazorati ostidagi tumanlarda yoki doimiy hujumlar ro‘y beradigan joylarda yashaydi.
Mavzuga oid
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025
Afg‘oniston Tojikiston bilan chegaradagi voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi
13:38 / 26.12.2025
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi
17:50 / 25.12.2025