Jahon | 14:30 / 01.02.2018
5613
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon hukmron partiyasi Aliyevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi

Foto: RIA «Novosti»

Ozarboyjon hukmron partiyasi «Yangi Ozarboyjon» amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyevni oktabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda partiya ijrochi kotibi Ali Ahmedov xabar qilgan.

«Bizning nomzod Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevdir. Men ishonamanki, bizning yoshlar ham uning saylovlardagi g‘alabasiga hissa qo‘shadilar», - deya Ahmedovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Agentlik ma'lumotiga qaraganda, mamlakatda saylovlar 17 oktabrga rejalashtirilgan.

Mavzuga oid