Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya taraqqiyot fondi O‘zbekistonning uch viloyatida 2 mingdan ortiq uy qurilishiga zayom ajratadi
O‘zbekiston va Saudiya taraqqiyot fondi o‘rtasida 50 million dollarlik zayom shartnomasi imzolandi. Bu haqida KUN.UZ'ga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnomada qayd etilgan mablag‘lar "Navoiy, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining qishloq joylarida zamonaviy turar-joylar qurilishi" loyihasining amalga oshirilishiga yo‘naltiriladi. Hujjat moliya vaziri birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Ar-Riyod shahriga tashrifi doirasida Saudiya taraqqiyot fondi shtab-kvartirasida imzolandi.
Ta'kidlash joizki, loyiha Navoiy, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining qishloq joylarida 2 mingdan ortiq uy qurilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, loyiha doirasida mavjud infratuzilma yaxshilanadi - suv ta'minoti, gaz va elektr tarmoqlari, yo‘llar quriladi. Shu bilan birga, yuqoridagi hududlarda ijtimoiy markazlar, sport maydonlari, maktablar, tibbiyot muassasalari, do‘konlar va avtobus bekatlari qad ko‘taradi.
Mavzuga oid
18:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonliklar xorijga investitsiya kiritishi keskin ko‘paydi
09:15 / 01.07.2026
“Quyoshli xonadon” dasturi inqirozdami?
14:15 / 30.06.2026
Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini Ba2 darajaga yaxshiladi. Bu nimani anglatadi?
17:59 / 20.06.2026