O‘zbekiston | 16:00 / 01.02.2018
147862
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarosi o‘zining «Kobalt»i bilan Toshkentdan Rimga bordi

O‘zbekiston fuqarosi Konstantin Bushayev rafiqasi Liliya Bushayeva bilan o‘zining «Kobalt» rusumli avtomoshinasida deyarli butun Yevropani aylanib chiqib, Italiya poytaxti Rim shahrigacha bordi, deb yozmoqda «Xalq so‘zi» nashri.

Konstantin o‘z sayohatini mamlakatning shimoliy hududlaridan boshlab, avvalo, Buxoro va Nukusda bo‘lgan. Shundan so‘ng ular sayohatni Qozog‘iston orqali davom ettirib, Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrigacha borishgan.

Shundan so‘ng u o‘zining «Kobalt»i bilan Rossiya orqali dastlab Belarus, keyin Polshaga o‘tadi.

Germaniya va Avstriyani aylanib chiqqan Bushayevlar oilasi Italiyaga sayohatni Venetsiya shahridan boshlashgan. Keyin Konstantin va Liliya San-Marina tomon harakatlanib, Rimga yetib borishgan.

U o‘zi yetib borgan har bir shahar va davlatda ma'lum muddat bo‘lib, diqqatga sazovor joylar bilan tanishgan, sayohat qilgan manzillarini tasvirga olib “Feysbuk”dagi ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan.

 

 

Mavzuga oid