19:36 / 02.02.2018
16593

Erdo‘g‘anni Vatikanga safari vaqtida 3500 kishi qo‘riqlaydi

Foto: trend.az

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Vatikanga safari davomida xavfsizligini xavfsizlik kuchlarining 3500 vakili ta'minlaydi. Bu haqda turk OAV xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘an safari davomida Italiya prezidenti bilan ham uchrashadi.

Erdo‘g‘an Vatikanga 5 fevralda Rim papasi Frantsisk taklifi bilan keladi. Bu Turkiya prezidentlarining oxirgi 59 yildagi Vatikanga birinchi safari bo‘ladi.

Tashrif davomida AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi qarori muhokama qilinadi.

2014 yilda Frantsisk Turkiyaga tashrif buyurgan.

Mavzuga oid
Top