Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong qatorasiga 24-yil erkin iqtisodiyot bo‘yicha jahonda tengsiz bo‘ldi
Hongkong 24-marta jahondagi eng erkin iqtisodiyotga ega hudud sifatida tan olindi. Bundan Amerikaning The Heritage Foundation jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan har yillik tadqiqot natijalari darak bermoqda.
Hisobot mualliflari Hongkongning "Iqtisodiy erkinligi indeksi"ni 100 balldan 90,2ga baholashdi.
"Erkin bozor prinsiplari Hongkong iqtisodiy farovonligi va uning xalqaro raqobatbardoshligida uzoq vaqtdan beri katta o‘rin tutmoqda", - deya tadqiqot natijalariga izoh bergan XXRning ushbu maxsus ma'muriy tumani moliya vaziri Pol Chan.
Ikkinchi o‘rinda Singapur (88,8 ball). Ko‘rsatkichi 80 balldan ortiq bo‘lgan oltita yetakchi orasida Yangi Zelandiya, Shveytsariya, Avstraliya va Irlandiya ham qayd etilgan. Ulardan keyin Estoniya, Buyuk Britaniya, Kanada hamda BAA bor.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
17:48 / 23.06.2026