Jahon | 09:38 / 03.02.2018
8971
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyani qurol-yarog‘lar ustidan nazorat bo‘yicha bitimlarni buzishda aybladi

Foto: RIA «Novosti»

AQShda e'lon qilingan yadro doktrinasi matnida Rossiya ayblangan joy bor, u qurol-yarog‘lar ustidan nazorat bo‘yicha shartnomalarni buzishga aloqador. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Rossiya qurol-yarog‘lar ustidan nazorat bo‘yicha qator shartnomalar va majburiyatlarni buzishda davom etmoqda», - deyiladi hujjatda.

Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi yordamchisi Anita Fridtning ta'kidlashicha, AQSh qurol-yarog‘lar ustidan nazorat masalasi bo‘yicha muzokaralarga «ochiq bo‘lib turibdi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid