O‘zbekiston | 15:19 / 05.02.2018
45230
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Prezident qaroriga muvofiq Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi – Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilingan edi. 

Ushbu lavozimga Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Nozimjon Sabirov tayinlandi, deb yozmoqda O‘zA.

N.Sabirov 1964 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U Andijon viloyati davlat statistika va moliya boshqarmalarida rahbarlik qilgan. 2007-2012 yillarda esa Moliya vazirligi hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Davlat rahbari tomonidan Davlat moliyaviy nazoratining asosiy vazifalari etib, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e'tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlari asosida masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash tizimni joriy etish orqali byudjyet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta tashkil etish belgilangan. 

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan hududiy davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari rahbariyati lavozimlariga ham quyi tizimlarda ishlab kelayotgan, amaliy va nazariy tajribaga ega moliya, pensiya va g‘aznachilik idoralaridan tayinlanishini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid