Harley-Davidson o‘zining ilk seriyali elektromototsiklini chiqarmoqchi
Harley-Davidson kompaniyasi 1,5 yil ichida o‘zining ilk seriyali elektromototsiklini ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
AQSh kompaniyasi elektromototsikl yaratish ustida anchadan beri ishlamoqda. Kompaniya 2014 yilda LiveWire elektromototsikli prototipini ko‘rsatgandi. Motosikll 100 km/soat tezlikka 4 soniyadan kamroq vaqtda erisha olgan, yurish zaxirasi 90 km ga yaqinni tashkil qilgan. O‘shandan beri ancha vaqt o‘tdi va kompaniyaning yangi elektromototsikli yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Elektromototsikllar ba'zi kompaniyalar tomondan ishlab chiqarilmoqda. Ushbu mototsikllar bozori hozircha katta emas, biroq TechNavio firmasi tadqiqotiga ko‘ra, 2020 yilgacha umumiy mototsikllar bozorining 45 foizgachasini egallashi mumkin.