Moliya vaziri ish haqi belgilangan muddatda to‘lanishini o‘z nazoratiga oldi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida vazir J.Qo‘chqorov rahbarligida vazir o‘rinbosarlari hamda vazirlikning boshqarma boshliqlari ishtirokida ish haqi to‘lovini belgilangan muddatlarda to‘lanishi yuzasidan navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida joriy yilning yanvar oyida Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjyet tashkilotlari ishchilarining ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta'minlash maqsadida jami 588 mlrd so‘m miqdorda qisqa muddatli byudjyet ssudalari va boshqa mablag‘lar ajratilganligi ta'kidlandi.
Shunday bo‘lsada, respublikaning ayrim viloyatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlaridan moliyalashtiriladigan byudjyet tashkilotlari xodimlariga 2017 yil dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqini to‘lash muddatlari belgilangan muddatlarga nisbatan kechikishiga yo‘l qo‘yilgan.
2018 yilning yanvar oyi davomida ish haqini to‘lash muddatlariga rioya etilmaganligi yuzasidan respublikaning turli hududlaridan bir nechta murojaat (shikoyat)lar kelib tushganligini ta'kidlandi. Xususan, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasi xodimi G.Kimning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali murojaatiga ko‘ra 2017 yil dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi pullari 2018 yilning 20 yanvarida vazirlikning mas'ul xodimlarining bevosita aralashuvi orqali olinganligi aytib o‘tildi.
Vazirlikning tarmoq boshqarmalari boshliqlarining faoliyati byudjyet tashkilotlari tomonidan ish haqini o‘z vaqtida hisoblab, to‘lov hujjatlarini moliya va g‘aznachilik organlariga taqdim etilishi bo‘yicha nazoratni ta'minlamaganliklari uchun qattiq tanqid ostiga olindi.
Yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari hamda vazirlikning tarmoq boshqarmalari boshliqlariga ish haqi to‘lovi uchun byudjyet ssudalarini va boshqa mablag‘larni kechi bilan 2 ish kuni ichida moliyalashtirilishini ta'minlash; byudjyet tashkiloti xodimlariga oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi to‘lanishini kechi bilan keyingi oyning birinchi 5 ish kunida, oyning birinchi yarmi uchun avans to‘lovlarini esa kechi bilan joriy oyning 20 sanasigacha to‘lanishini shaxsiy nazoratga olishlari bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ma'lumot uchun: byudjyet tashkilotlarida oylik ish haqini to‘lanishining kechikish holatlari bo‘yicha Moliya vazirligining (371) 200-50-50 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024
O‘zbekiston moliya tizimi uchun qanday xatarlar bor?
13:37 / 06.09.2024