Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim papasi Erdo‘g‘an bilan uchrashdi va unga sovg‘a berdi
Foto: Anadolu
Rim papasi Frantsisk Vatikanda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qabul qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Erdo‘g‘an pontifik bilan suhbatdan avval Yaqin Sharq hamda Al-Quds bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish istagida ekanini ma'lum qildi.
Agentlikning ta'kidlashicha, Frantsisk va Erdo‘g‘an taxminan 50 daqiqa yakkama-yakka suhbatlashgan. Rim papasi muzokaralardan so‘ng Turkiya prezidentiga farishta va ajdaho tasvirlangan bronza medalonni hadya qildi.
«Bu tinchlik farishtasi, u urush iblisini bo‘g‘moqda. Bu tartib va adolat asosiga qurilayotgan tinchlik timsoli», - deya aytib o‘tdi Frantsisk.
Erdo‘g‘anning Vatikanga tashrifi kichik norozilik aksiyasi bilan kechdi, unda kurdlar va ularning tarafdorlari ishtirok etdi. Politsiya tartibsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun Turkiya yetakchisi boradigan joylarni o‘rab oldi.
Mavzuga oid
16:39 / 26.12.2025
Urbi et Orbi: Lev XIV Rossiya va Ukrainani muloqotni boshlashga chaqirdi
14:08 / 01.12.2025
Rim papasi: Falastin davlatini tuzish - yagona yechim
17:22 / 18.05.2025
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
22:32 / 08.05.2025