Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: spirtli ichimliklar saratonning yetti turini chaqirishi mumkin
Foto: Fotolia
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti alkogol iste'moli va qator onkologik kasalliklar o‘rtasida bog‘liqlik bor ekani haqida ogohlantirish e'lon qildi. Bu haqda JSST saytida xabar berilgan.
Olimlar ma'lumotiga ko‘ra, spirtli ichimliklar saratonning kamida yetti turini chaqirishi mumkin. Bu ichak saratoni (yo‘g‘on va ingichka ichak), sut bezi saratoni, qizilo‘ngach, bo‘g‘iz, jigar, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq.
JSSTdan ko‘rsatishlaricha, alkogoldagi asosiy kanserogen etanol bo‘lib, u organizm to‘qimalariga zarar yetkazadi hamda salbiy o‘simtalarni yuzaga keltiradi.
Shu bilan birga ta'kidlanishicha, bir vaqtning o‘zida ham alkogol iste'moli, ham chekish onkologik xastaliklar paydo bo‘lish xavfini bir necha marotabaga oshiradi.
Mavzuga oid
14:47 / 22.12.2025
Saratonning oldini olish mumkinmi? Mutaxassislar tavsiya qiladigan mahsulotlar
13:05 / 02.12.2025
Qizamiqdan o‘limlar soni kamaydi, lekin kasallanish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda – JSST
20:28 / 16.11.2025
Misr qadimiy kasalliklardan biriga barham berilganini e’lon qildi
10:00 / 03.11.2025