Tarqatilgan xabarda ko‘rsatilishicha, zavod Toshkentda o‘tgan yilning sentabrida tashkil etilgan “O‘zbekiston-Qozog‘iston: hamkorlikning yangi bosqichi” sanoat ko‘rgazmasida o‘zining elektron-optik mahsulotini namoyish etgan.

O‘zbekiston tomoni bu mahsulotga qiziqish bildirdi hamda ikki tomonlama kelishuv imzoladi. Qozog‘istonning tunda ko‘rish uskunalari sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. O‘zbek sheriklar eksport mahsuloti qatorining kengayishidan manfaatdorligi aytiladi.