«O‘zbekiston havo yullari» Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish, SMS-xabarlar jo‘natish va internetga kirish imkoniyatlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Milliy aviatashuvchining havo kemalarida qo‘shimcha pulli xizmatlar joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi shu yilning 31 martiga qadar tasdiqlanadi.