AQSh Davlat departamenti «Suriyadagi rejim tomonidan davom etayotgan kimyoviy hujumlar» haqidagi xabarlardan tashvishda va bunga Rossiya mas'uldir.
Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert tvitterda xabar qildi.
«Biz Sarakib yaqinida oddiy fuqarolarga qarshi xlor gazi qo‘llanilishi davom etayotgani haqidagi xabarlardan tashvishdamiz. Rossiya Suriyada kimyoviy qurol ishlatilayotganiga javobgar bo‘lishi kerak», - deya yozdi Nauert.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Suriya xalqi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmadi.

















