Tojikiston poytaxtida Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi Sharif Said O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda, Tojikiston SSP veb-saytidagi xabarga ko‘ra, joriy yilning mart oyida Dushanbe shahrida o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
«Uchrashuv O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hukumatlararo muloqot 5-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning davomi va qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish borasidagi tegishli bayonnoma bandlarini amalga oshirish hisoblanadi», - deya ta'kidlab o‘tgan Tojikiston SSP rahbari.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillarining qo‘shimcha qilishicha, «Dushanbe va Toshkent faol hamkorlik uchun barcha zarur sharoitlarga ega».











