Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniya o‘z nomini o‘zgartirishga tayyor
Foto: Boris Grdanoski/AP
Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayevning ma'lum qilishicha, mamlakat Gretsiya bilan davom etayotgan mojaro tufayli o‘z rasmiy nomini o‘zgartirishga tayyor. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Makedoniya va Gretsiya birinchisining nomi tufayli anchadan beri bahsda bo‘lib turibdi. Gretsiya respublika nomini o‘zgartirishni talab qilmoqda, bu Gretsiyaning Makedoniya viloyati bilan uni adashtirmasligi uchun lozimligi aytiladi.
«Men Gretsiya bilan muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishini xohlayman. Biz geografik nomga aniqlik kiritishga tayyormiz», - deya aytib o‘tdi Zayev.
Agentlikning ko‘rsatishicha, har ikki davlat diplomatlari ehtimoliy nom sifatida Shimoliy Makedoniya, Yangi Makedoniya yoki Yuqori Makedoniya variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin.
Mavzuga oid
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026
Gretsiya aloqa tizimi nosozligidan keyin aviaqatnovlarni qayta tikladi
12:51 / 22.11.2025
O‘zbekiston elchisi Gretsiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
14:21 / 17.11.2025