Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metropolitenida suratga olishga qo‘yilgan taqiq bekor bo‘lmoqda

Foto: Afisha.uz
Endilikda Toshkent metropolitenida fotosurat va videolavhaga olish taqiqlanmaydi. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etayotgan «Kun.uz» muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga asoslanib xabar berdi.
«Metroda ham tasvirga olish mumkin. Hech qanday muammo yo‘q. Bizda dunyodagi eng chiroyli metro bor, uni reklama qilishimiz kerak. Hozirgacha mumkin emasdi, ammo prezident bularning barchasini tasvirga olish mumkinligini aytdi», — degan Abduhakimov.
U suratga olishni taqiqlovchi belgi bo‘lmagan joylarda foto va videos'yomka qilish mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Shuningdek, uning aytishicha, Toshkent metropolitenida Wi-Fi o‘rnatish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etish kerakki, bugungi kunga qadar foto va video tasvirga olishga taqiq metropolitendan foydalanish qoidalarida belgilab qo‘yilgan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari metroda tasvirga olishga bo‘lgan barcha urinishlarning oldini oladi, mobil qurilmalardan tasvirlarni o‘chirtiradi.
6 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Ushbu hujjatga ko‘ra, turistlarga jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday taqiqlarsiz suratga olishga ruxsat berilgan. Hozirda hukumatda tasvirga olish taqiqlangan obektlar ro‘yxatini tasdiqlovchi hujjat loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Aziz Abduhakimov Ichki ishlar vaziri yaqin vaqt ichida majlis o‘tkazib, xodimlarga mamlakatda avvalgidek tasvirga olishga qat'iy taqiqlar bekor bo‘lganini ma'lum qilishini bildirib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi
O‘zbekiston | 18:28
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlikni 80 km/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston | 18:05
-
Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
O‘zbekiston | 18:05
-
Sochlarimiz teksturasini sun’iy o‘zgartirish bizga qanchalik qimmatga tushadi?
Ayollar dunyosi | 17:48
Mavzuga oid

11:23 / 25.07.2025
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi

21:40 / 24.07.2025
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri

08:37 / 02.06.2025
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

19:01 / 05.04.2025