Yaponiyaning fikricha, Rossiya tomonidan yangi yadro qurollarining ishlab chiqilishi AQShni u bilan poygaga kirishga majbur qildi. Bu haqda Yaponiya TIV rahbari Taro Kano milliy parlamentda aytib o‘tgan.
«Yadro qurolining hozirgi dunyosiga beqarorlikni AQSh emas, balki Rossiya kiritmoqda. U o‘zining harbiy doktrinasiga amal qilib, kuchi past zaryadlarga ega taktik jangovar kallaklarni ishlab chiqmoqda», - deya Kanoning so‘zlarini keltiradi TASS.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «AQShni shunday vaziyatga tushirib qo‘ydiki, u yadro quroli ishlab chiqishni boshlashga majbur bo‘ldi». Shu bilan birga, vazirning ishonch bildirishicha, «AQSh bunday qurolni KXDRga qarshi qo‘llash uchun ishlab chiqayotgani yo‘q».

















