Sport | 21:10 / 08.02.2018
36384
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» bosh murabbiylikka nomzod qidirmoqda. Asosiy da'vogar ma'lum

Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovning ish uslubi «Real» prezidenti Florentino Peresga har tomonlama ma'qul kelmoqda.

Agar qirollik klubi ustozi Zinedin Zidan iste'foga chiqarilsa, nemis mutaxassisi uning o‘rnini egallashi mumkin.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, «Real» Chempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozonmasa, Zidan iste'foga chiqariladi. Peres esa uning o‘rniga Lyovni taklif qiladi.

Agar bundestim ustozi «Real»da ishlashni istamasa, bosh murabbiylikka Massimiliano Allegri («Yuventus»), Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Mauritsio Sarri («Napoli») yoki «Real»ning yoshlar jamoasidan Guti taklif qilinishi mumkin.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «Real» turnir jadvali peshqadami «Barselona»dan 19 ochko ortda qolib, 4-o‘rinda bormoqda. Madridliklar jamoasi Ispaniya kubogini ham chorak final bosqichida «Leganes»ga yutqazib tark etdi. Chempionlar ligasi nimchorak finalida esa «Real»ni «PSJ»ga qarshi 2 o‘yin kutmoqda.

Mavzuga oid