O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 6 fevral kuni “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qaror jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni tartibga solish, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish sharoitlarini umume’tirof etilgan jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, shuningdek bojxona chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilindi.
Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan quyidagi cheklangan me’yorlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 2000 (ikki ming) AQSh dollari miqdorida;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidagi temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 1000 (bir ming) AQSh dollari miqdorida;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidagi avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 300 (uch yuz) AQSh dollari miqdorida;
- xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlar uchun bir kalendar oy mobaynida – 1000 (bir ming) AQSh dollari miqdori belgilandi.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlari doirasida tovarlar olib kirilganda ularni yozma deklaratsiyalash talab etilmaydi.
Shuningdek, jismoniy shaxslar 3 000 AQSh dollarigacha qiymatdagi tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan olib chiqishlari mumkinligi belgilandi.
Ammo, ayrim turdagi tovarlar uchun olib chiqishning quyidagi me’yorlari tasdiqlandi:
- guruch – 3 kg.gacha, non mahsulotlari – 5 kg.gacha, go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 2 kg.gacha, shakar – 2 kg.gacha, o‘simlik yog‘i – 2 kg.gacha, shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalar – 40 kg.gacha.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan olib kirish me’yorlari ham belgilandi. Xususan:

















