Jahon | 14:59 / 09.02.2018
5660
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlamentda YeIda yozgi va qishki vaqtga o‘tishga qarshi ovoz berishdi

Foto: AP

Yevroparlamentda YeIga kiruvchi mamlakatlarda yozgi va qishki vaqtga o‘tish amaliyotidan voz kechish haqida tashabbus bilan chiqishdi hamda tegishli rezolyutsiyani qabul qilishdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Rezolyutsiya qabul qilindi. U Yevrokomissiyani soatlarni o‘tkazish amaliyotini to‘xtatishga chaqiradi. Sababi ko‘plab ilmiy tadqiqotlar buning yordamida qandaydir ijobiy oqibatlar kelib chiqishini isbotlab bera olmadi, biroq inson sog‘lig‘i, qishloq xo‘jaligi va yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin ekanini namoyon etib berdi», - deya ma'lum qilgan assambleya matbuot xizmatidagi agentlik suhbatdoshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi kengashi ofshorlarning “qora ro‘yxatidan” sakkiz davlatni chiqargani xabar berilgandi.

Mavzuga oid