Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tomoni Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha materiallarni o‘rganmoqda
Foto: Tazabek.kg
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘lining qurilish loyihasiga ko‘ra, hozirgi vaqtda Xitoy tomoni tabiiy va kameral tadqiqotlarda olingan bu boradagi materiallarni o‘rganmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Transport va yo‘llar vazirligi stats-kotibi Ermek Mamirkaliyev 9 fevral kuni xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida noyabr va dekabr oyida uch tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi, kelishuv loyihasi va texnik masalalar muhokama qilinmoqda.
«Tomonlar texnik masalalar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish uchun ikki tomonlama yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldilar. Texnik guruh yig‘ilishi 2018 yilning aprelida Pekin shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan», - dedi u.
Avvalroq, temir Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining batafsil yo‘nalishini 2018 yilning aprel oyiga qadar tayyor bo‘lishi xabar qilingandi.
Shuningdek, Qirg‘iziston Transport vazirligi Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar apreldan boshlanishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:27 / 21.02.2026
Qirg‘izistonda prezidentga bo‘ysunadigan tergov qo‘mitasi tuziladi
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
06:00 / 19.02.2026