O‘zbekiston | 11:49 / 09.02.2018
14243
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatida 5 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etildi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 6 fevral kuni «Xorazm viloyatida davlat mulki obektlarini tadbirkorlik sub'yektlariga realizatsiya qilish va kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan 5 ta yangi kichik sanoat zonasi (KSZ) tashkil qilindi: Urganch shahrida ikkita, shuningdek, Urganch, Xazorasp va Shovot tumanlarida.

Xorazm viloyati KSZda joylashgan davlat ko‘chmas mulklari tadbirkorlik sub'yektlariga 5 yil davomida nol darajalik stavkada ijaraga beriladi. Kelajakda ushbu mulk quyidagi hollarda ijarachilarning mulkiga aylanadi: biznes reja ko‘rsatkichlari bajarilganda; ish joylarini yaratish va saqlash; barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash.

Xorazm viloyatining «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonasida va Xorazm viloyati KSZda investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga 50 million dollarlik kredit liniyasini ochish vazifasi yuklandi. Ushbu mablag‘lar import uskunalar va ularga butlovchi qismlarni sotib olish uchun sarflanadi. 

Mavzuga oid