Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib, evaziga o‘g‘itlar xarid qilmoqchi
Foto: Uzbekistan24.uz
Qirg‘iziston korxonalari O‘zbekistonga ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish va mineral o‘g‘itlarni import qilishga qiziqmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi 24.kg.
Qirg‘iziston vaziri har ikki davlatda ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar, mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni moliya-kredit vositalari orqali xorijiy bozorlarga ilgari surish uchun ikki davlat hukumatlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash imkoniyatiga qiziqishi baland ekanligini bildirgan.
Qirg‘iz ishbilarmonlari O‘zbekistonga go‘sht, sut mahsulotlari, kartoshka, meva-sabzavotlar, quruq mevalar va dukkaklilarni, shuningdek, ko‘mir, kvars qumi va qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishga tayyor.
«Artyom Novikov O‘zbekistondan mineral o‘g‘itlar yetkazilishiga qiziqish bildirib, Qirg‘iziston bozorlarida mineral o‘g‘itlarning erkin sotilishi masalasini ishlab chiqish kerakligini ta'kidlagan», — deb yozadi Qirg‘iziston moliya vazirligi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
12:09 / 30.12.2025
O‘zbekiston 2025 yilni qanday o‘tkazdi?
18:30 / 29.12.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum etildi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:02 / 26.12.2025