Fan-texnika | 08:16 / 09.02.2018
15729
3 daqiqa o‘qiladi

Mustahkamlik jihatidan metallga teng bo‘lgan superyog‘och yaratildi

Foto: Merilend shtati universiteti

Titan qotishmalar, ehtimol, sayyoramizdagi eng mustahkam materiallardan biridir. Ammo ularda ikkita juda yoqimsiz kamchilik bor: ular juda og‘ir va juda qimmat. Merilend shtati universiteti (UMD) olimlari qimmat metalllarga muqobil variantni o‘ylab topishdi, uni «daraxtda yetishtirish» mumkin. Tadqiqotchilar guruhi innovatsion siqish jarayonidan foydalanib, metallar kuchiga ega yog‘ochni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Yog‘och - hayotimizda har tomonlama qo‘llaniladigan juda ko‘p qirrali material. Uning xossalari ilm-fan yordamida kengaytirilishi mumkin, keyinchalik u qurilish va boshqa ko‘plab sohalarda ham foydali bo‘ladi. Merilend universiteti tadqiqot guruhi rahbari Lyanbin Xu oxirgi yillarda ushbu materialni o‘rganish borasida ajoyib natijalarga erishdi. Avvaliga u yog‘och va yog‘och barglariga asoslangan ko‘mir va hatto natriy-ion batareyalar asosida suvni tozalash uchun shaffof yog‘ochni, samarali filtrlarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Olim erishilgan natijalarda to‘xtash niyatida emas.

Yangi super yog‘och Xu jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki bosqichli jarayon tufayli mustahkamlikka erishdi. Birinchidan, tadqiqotchilar yog‘och namunalarini natriy gidroksidi va natriy sulfidi aralashmasidan qaynatadilar. Bu yog‘ochdan lignin va gemisellyulozani qisman yo‘qotish imkonini beradi. Shundan so‘ng, yog‘och issiq bosimdan o‘tkaziladi, bu hujayra devorlarini buzadi va materialning ichida yuqori darajadagi sellyuloza nanotolalarning shakllanishiga imkon beradi. Ushbu jarayonning yakunida odatdagidan ancha mustahkam bo‘lgan yog‘och paydo bo‘ladi.

«Yog‘ochni qayta ishlashning yangi usuli uni 12 barobar kuchliroq va 10 marta qattiqroq qilish imkonini beradi. Bu metamaterial po‘lat va hatto titan qotishmalariga raqobatchi bo‘lishi mumkin, chunki u juda bardoshli, uzoq muddatli, ammo ayni paytda sezilarli darajada arzondir», - deydi Lyanbin Xu jurnalistlarga. 

Uning mustahkamligini tekshirish uchun sinovlardan biriga superyog‘och taxtasiga quroldan o‘q otish bo‘ldi. Oddiy taxtada o‘q kirib chiqib ketgan bo‘lsa, yangi metamaterial taxtasi o‘qni o‘zida ushlab qoldi. Olimlar o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilgan jarayonni turli yog‘ochlarga qo‘llash mumkin ekanligini ta'kidlamoqdalar, shuningdek, superyog‘ochni sanoat miqyosida juda ko‘p miqdorda ishlab chiqish ham mumkin. Aytgancha, ishlab chiqarishning birinchi bosqichida yog‘ochga har qanday shaklni berish mumkin. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida e'lon qilindi.

Mavzuga oid