Nazarboyev: «Davlat va xalq pullarining o‘marilishi qachon tugaydi?»
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev «davlat va xalq pullari katta miqdorda o‘g‘irlanishiga» qachon chek qo‘yilishi borasida savolni o‘rtaga tashladi. Bu haqda u 9 fevral kuni hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida so‘ragan.
Mamlakat Milliy banki raisi Danir Akishev hisobotni taqdim etgan. «Delta bank»da, u hozir litsenziyadan mahrum etilgan, kreditlarning deyarli 100 foizi bank aksiyadori nazoratida bo‘lmagan kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bank hisobotida bu aks ettirilmagan va faqat tekshiruvlar natijasida aniqlandi. Bu bank majburiyatlarining 60 foizi davlat tuzilmalariga yaqin hisoblarga ega edi. «RBK Banki»da kreditlarning 90 foizi to‘rt kredit oluvchiga berilgan, u yoki bank aksiyadorlari yoxud aloqador shaxslar», - deya xabar berdi u.
«Qachon biz bunday ishlarga chek qo‘yamiz? Hamma Ablyazov rahbarligidagi «BTA Bank» tomonidan davlat va xalq pullari katta miqdorlarda o‘marilganini ko‘rdi. Butun dunyo bo‘ylab fosh qildik va bu davlat pullarining o‘g‘rilanishi ekanini isbotlab berdik. Hozirda qanday? Bank tashkil etildi, unga ishonishdi, odamlar, milliy kompaniyalar borishdi, endi esa bu aksiyadorlar u yerdan pullar olib chiqishmoqda. Milliy bank esa shunchaki kuzatib o‘tiribdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Qozog‘iston rahbari.
Shuningdek, u bosh vazir Bakitjan Sagintayevning hisobotida tanqid yo‘qligiga e'tibor qaratgan. Hukumat rahbari qurilayotgan uy-joylar, agrosanoat kompleksi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yutuqlar, raqamlashtirish hamda mamlakat iqtisodiyotidagi muvaffaqiyatlar haqida gapirib berdi.
«Qozog‘iston so‘nggi 10 yilda tashqi shoklar va jahon tebranishlari bosimi ostida rivojlandi. Bu oddiy bo‘lmagan vaqt edi, biroq, bizning davlat faqatgina sizning o‘z vaqtida qabul qilgan qarorlaringiz tufayli dramatik ssenariylardan qochishning uddasidan chiqdi», - deya Nazarboyevga murojaat qilgan Sagintayev.
«Yaxshi hisobot, lekin tanqid yo‘q», - deya unga javob qaytargan prezident.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024